» » Amerikalik erkak Kanadada 569 ming dollarlik karantin qoidalarini buzdi

Amerikalik erkak Kanadada 569 ming dollarlik karantin qoidalarini buzdi


Alyaskadan Kanada orqali Kentukkidagi Uolton shahrida joylashgan uyiga qaytmoqchi bo‘lgan Jon Pennington ismli fuqaro yarim million dollarlik karantin qoidalari buzishga ulgurdi, deb xabar beradi Motor.

Kanada koronavirus pandemiyasi sabab AQSh bilan chegaralarni 21-martdan boshlab yopgan. Amerikaliklar Kanadaga faqatgina Alyaskaga borish yoki u yerdan ortga qaytishlari uchun kira oladi — shunda ham ular Alyaska va boshqa shtatlar orasidagi eng qisqa marshrutni tanlashlari kerak. Shuningdek, Kanada bo‘ylab sayohat vaqtida milliy bog‘lar, dam olish maskanlari va diqqatga sazovor joylarga borish taqiqlanadi — ulkan jarimalar mavjud. Biroq amerikalik Jon Pennington Alyaskadan Kentukkiga qaytishda karantin sabab joriy etilgan barcha qoidalarni buzgan.

Pennington Kanada janubidagi Banf milliy bog‘iga tashrif buyurgan. Uning avtomobilini politsiya to‘xtatib, mahalliy shifoxonaga koronavirus uchun test topshirishga jo‘natgan. Shundan so‘ng haydovchiga 910 dollar jarima belgilab, mamlakatni tark etish bo‘yicha buyruq bergan. U buyruqni bajarmay, ertasi kuni ham diqqatga sazovor joylarning birini aylanayotganida qo‘lga olingan. Natijada amerikalik Kanadada 569 ming dollarlik karantin qoidalarini buzgan. Bundan tashqari, u olti oygacha qamalishi mumkin — yakuniy qarorni noyabr oyida o‘tkaziladigan mahalliy sud belgilaydi.

Mavzuga doir: Hindistonlik erkak karantin paytida uyiga qaytish uchun 28 tonna piyoz sotib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют