» » Farg‘onada 162 ta, Samarqandda esa 38 ta maktabda an’anaviy darslar boshlandi

Farg‘onada 162 ta, Samarqandda esa 38 ta maktabda an’anaviy darslar boshlandi


Farg‘ona viloyatida 162 ta, Samarqand viloyatida esa 38 ta maktabda an’anaviy darslar boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbirlari xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 14-sentabr kuni hududlardagi epidemiologik vaziyat, ta’lim dargohi va sog‘liqni saqlash tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib chiqib maktablarda an’anaviy ta’lim jarayoni boshlangan.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida xalq ta’limi boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari hamda Xalq deputatlari tuman-shahar kengashlarining tegishli qarorlari bilan 162 ta ta’lim muassasasida 2020/2021-o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlashga ruxsat berilgan.

Xabar berilishicha, Farg‘onada avvalroq mavjud 937 ta maktabning 111 tasida karantin talablariga amal qilgan holda sinov tariqasida ilk darslar boshlangan. Shunga ko‘ra, bugungi kunda viloyatda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan maktablar soni 273 taga yetgan.

Samarqand viloyatida ham Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilardan olingan test natijalari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlariga ko‘ra, viloyatning 9 ta hududidagi 38 ta umumta’lim muassasalarida an’anaviy tarzda darslar boshlangan. Mazkur ta’lim dargohlarida 2003 nafar boshlang‘ich va yuqori sinf o‘qituvchisi 16849 nafar o‘quvchiga saboq bermoqda.

Ma’lumot berilishicha, Samarqandda 33476 nafar (61,3 foiz) pedagog koronavirusga test topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, hududlarda umumta’lim maktablari o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlari amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: Namangandagi 15 ta maktabda darslar boshlandi. Ularning ikkisi yangidan qurib bitkazilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 01:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют