» » Toshkentda 14-sentabrdan an’anaviy tarzda o‘z faoliyatini boshlaydigan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentda 14-sentabrdan an’anaviy tarzda o‘z faoliyatini boshlaydigan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi


Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi 14-sentabrdan an’anaviy tarzda 2020/2021-o‘quv yilini boshlaydigan maktablar ro‘yxatini e’lon qildi. “Gazeta.uz”ning Xalq ta’limi vazirligiga tayanib yozishicha, poytaxtdagi 318 ta maktabning faqatgina 143 tasi odatdagi tarzda ish boshlaydi.

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilarni koronavirus ko‘rsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman kengashlarining tegishli qarorlari bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida 14-sentabrdan boshlab quyidagi ta’lim muassasalar an’anaviy tarzda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi rejalashtirildi:

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda sanitariya talablariga javob bermaydigan maktablar o‘qishni masofaviy tarzda olib boradi. Davlat maktablarida yangi o‘quv yilida majburiy maktab formasi talab qilinmaydi. Shuningdek, darslar taklif etilganidek 30 daqiqa emas, balki an’anaviy 45 daqiqa o‘tiladigan bo‘ldi.

Mavzuga doir:

Avvalroq XTV maktablarda ta’lim ikki xil shaklda bo‘lishini inobatga olib, o‘quvchilarning ota-onalariga murojaat bilan chiqqani, shuningdek, o‘quv yili boshida ayrim fanlarni vaqtinchalik o‘tmaslikni tavsiya qilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют