» » Samarqand shahrida 21-sentabrdan faqat ikkita maktabda darslar boshlanadi

Samarqand shahrida 21-sentabrdan faqat ikkita maktabda darslar boshlanadi


Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdagi sessiyasi 12-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda shahar hokimligi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida 81 ta umumta’lim maktabi bor. Bundan tashqari “Barkamol avlod” bolalar markazi hamda SamDU huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda. Ularda 96 ming 831 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ta’lim muassasalarida 5 119 nafar pedagog xodim faoliyat yuritmoqda.

Shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Sadinovaning ma’lum qilishicha, 25–26-avgust kunlari shahardagi barcha maktablarda ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazilgan va unda ta’lim jarayoni qanday tarzda boshlash haqida so‘rovnoma o‘tkazilgan.

So‘rovnoma natijasiga ko‘ra jami ota-onalarning 69,1 foizi farzandlari darslarni onlayn tarzda olishini bildirgan. 30,9 foiz ota-ona esa an’anaviy ta’lim berilishini afzal ko‘rgan. So‘rovnomada qatnashgan ota-onalarning ma’lum bir qismi faqat boshlang‘ich ta’limni an’anaviy tarzda boshlash taklifini bildirgan.

Shundan so‘ng, Samarqand shahridagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib faqat boshlang‘ich sinflar uchun an’anaviy ta’lim yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Jumladan, 2020-yil 21-sentabrdan shahardagi faqatgina ikkita – 9 va 58-maktablarning boshlang‘ich (1-4) sinflari uchun an’anaviy ta’lim jarayonini boshlashga ruxsat berildi.

Qolgan maktablarda an’anaviy ta’lim berish jarayoni faqat shahar sanitariya-epedemiologiya va osoyishtaligi markazi xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, mamlakatda 7 va 14-sentabrdan hududlardagi epidemiologik holatga qarab maktablarni ochishga ruxsat berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют