» » O‘zbekiston bo‘ylab 14-sentabrdan onlayn darslar boshlanadi. An’anaviy ta’lim vaziyatga qarab tiklanadi

O‘zbekiston bo‘ylab 14-sentabrdan onlayn darslar boshlanadi. An’anaviy ta’lim vaziyatga qarab tiklanadi


O‘zbekiston umumta’lim maktablarida 14-sentabrdan boshlab 2020/2021-o‘quv yili boshlanadi. Bunda onlayn maktab orqali barcha sinflarning darslari berib borilishi yo‘lga qo‘yilsa, an’anaviy shakldagi maktablar bosqichma-bosqich vaziyatga qarab faoliyatini tiklaydi, deya xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, maktablarning an’anaviy shaklda ochilishi to‘g‘risidagi qarorlar har bir maktab bo‘yicha individual tarzda ularning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi yohud maktabdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, o‘qituvchilar orasida koronavirus kasalligining qayd etilishi hamda sog‘liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinadi.

Mamlakatdagi barcha maktablar yuqorida sanab o‘tilgan holatlardan kelib chiqib bosqichma-bosqich ochilishi ko‘zda tutilgan. An’anaviy shaklda faoliyatini boshlagan maktablar to‘g‘risidagi ma’lumot, doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlar orqali viloyat va tuman xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan e’lon qilib boriladi.

Vazirlikning eslatishicha, an’anaviy shaklda faoliyatini tiklagan maktablarning o‘quvchilari maktabga borishi yoki uyda qolib ta’lim olishi faqatgina ota-onalar tomonidan belgilanishi zarur. Maktab ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarni an’anaviy shaklga jalb qilish va ota-onaga bosim o‘tkazish taqiqlangan.

Farzandini maktabga yubormagan ota-ona uni masofaviy ta’lim olishini nazorat qilishi so‘ralgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют