» » Sirdaryoda Nexia va “Gazel” to‘qnashuvi oqibatida 20 yoshli haydovchi vafot etdi

Sirdaryoda Nexia va “Gazel” to‘qnashuvi oqibatida 20 yoshli haydovchi vafot etdi


Sirdaryoda viloyati Sirdaryo tumanida Nexia va “Gazel” ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 20 yoshli haydovchi vafot etdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

14-sentabr kuni soat 09:00 larda Sirdaryo tumani IIBga tushgan xabarga ko‘ra, voqea Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Kamolot” MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 874-kilometrida yuz bergan.

20 yoshli haydovchi I.X. xavfsizlik kamarini taqmasdan Nexia-3’ni tezlikni me’yoridan oshirgan holda haydab ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning chap tomonidagi daraxtga urilib, qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketgan. Natijada qarshisidan kelayotgan 31 yoshli haydovchi B.A. boshqaruvidagi “Gazel”ga to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia-3 haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. “Gazel” yo‘lovchisi 46 yoshli O.D. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Xabarda aytilishicha, Nexia-3 va “Gazel” haydovchilarining har biri bir yil mobaynida 5 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 06:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют