» » Qashqadaryoda yuk mashinasi va Nexia to‘qnashishi natijasida 6 yashar qizaloq halok bo‘ldi

Qashqadaryoda yuk mashinasi va Nexia to‘qnashishi natijasida 6 yashar qizaloq halok bo‘ldi


Qashqadaryo viloyatida yuk mashinasi Nexia’ga urilishi natijasida 6 yoshli qizcha vafot etdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 12-sentabr kuni soat 11:30 larda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hududidan o‘tgan 4K-333 Nishon–Gres avtomobil yo‘lining 5-kilometrida haydovchi 1994-yilda tug‘ilgan O.Q. GAZ-5327 yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan ketayotgan piyodani urib yubormaslik maqsadida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan.

Natijada qarshisidan kelayotgan haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia yo‘lovchisi 6 yoshli Sh.U. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchilari 24 yoshli Sh.A. va 69 yoshli M.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют