» » Putin Rossiya Belarusga 1,5 mlrd dollar kredit berishini va’da qildi

Putin Rossiya Belarusga 1,5 mlrd dollar kredit berishini va’da qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya Belarusga 1,5 milliard dollar miqdorida davlat krediti taqdim etishini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

“Biz Belarusga hozirgi qiyin paytda davlat krediti — 1,5 milliard dollar berishga kelishib oldik va biz buni bajaramiz. Bilishimizcha, moliya vazirlarimiz bu borada professional darajada ish olib bormoqda”, — dedi Putin Sochidagi Bocharov Ruchey qarorgohidagi uchrashuvda.

Rossiya Belarus hukumati uchun tashqi qarz olishning asosiy manbayi hisoblanadi. 2020-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Rossiya kreditlari Belarus tashqi davlat qarzining 48 foizini yoki 7,92 milliard dollarni tashkil etdi. 2008-yildan beri Rossiya hukumati va Rossiyaning tashqi iqtisodiy faoliyat banki Belarusga kamida sakkizta kredit ajratgan.

Avgust oyi oxirida Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan Minskka ilgari berilgan 1 milliard dollarlik kreditni qayta moliyalashtirishga kelishib olganini ma’lum qilgan. Sentabr oyida Belarus hukumati Rossiya hukumatiga 2021-yilda davlat qarzini 600 million dollar miqdorida qayta moliyalashtirish to‘g‘risida ariza yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: Bloomberg: Moskva Belarusdagi norozilik namoyishlari ko‘lamidan hayratda, biroq Putin bu Lukashenkoni ag‘dara olishiga ishonmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют