» » O‘zbekiston qonunchiligidagi ibodat libosiga doir qoida bekor qilinishi kutilmoqda

O‘zbekiston qonunchiligidagi ibodat libosiga doir qoida bekor qilinishi kutilmoqda


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining 14-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi qo‘shni davlatlar, yaqin va uzoq xorijdagi diniy vaziyatni, shuningdek, O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik tarixi va madaniy-tarixiy an’analarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasini tayyorlashda xalqaro me’yorlar talablari, birinchi navbatda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining umumiy tartibdagi sharhlari inobatga olingan.

Yangi tahrirdagi qonun loyihasi 6 bob, 49 moddadan iborat bo‘lib, bir qator o‘zgartirishlarni o‘z ichiga oladi. Loyihada “diniy tarkibiy materiallar”, “noqonuniy diniy faoliyat”, “diniy tashkilot” va boshqa shu kabi tushunchalarga ta’rif berilgan. Shuningdek, vijdon erkinligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va tamoyillari hamda ushbu sohadagi vakolatli davlat organlarining vakolatlari bayon etilgan.

“Kun.uz”ning fraksiya yig‘ilishida ishtirok etgan adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevga tayanib yozishicha, mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash doirasida ishlab chiqilgan.

Vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, qonun loyihasining dolzarbligi shundaki, o‘tgan davr mobaynida e’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq vujudga kelgan yangicha munosabatlar amaldagi qonun normalari bilan to‘liq qamrab olinmagan. Sohadagi ko‘plab masalalar qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelinmoqda. Masalan, amaldagi qonunning 14-moddasi tahririy o‘zgartirishlar bilan ko‘chirilgan.

“Bunda O‘zbekiston fuqarolari (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi qoida bekor qilinmoqda, chunki ibodat libosi tushunchasining huquqiy ta’rifi mavjud emas. Bundan tashqari, ishchi-xodimlarning kiyinish madaniyati va tashqi ko‘rinishi har bir tashkilot va muassasaning o‘zining ichki tartib qoidalari bilan tartibga solinadi. Davlat tashkilotlari va muassasalarining ichki tartib-qoidalarida xodimlarning o‘z xizmat vazifasini bajarishiga uning diniy mansubligi ta’sir qilmasligi, xodimning tashqi ko‘rinishi va dress-kodiga tegishli aniq talablar dinga bog‘lamagan holda ko‘rsatilishi lozim”, — deya ma’lum qilgan vazir o‘rinbosari.

Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan parlament quyi palatasiga kiritilgan. Ushbu qonun loyihasi 15-sentabr kuni quyi palata yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda diniy tashkilotlar tuzishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют