» » “Afg‘oniston tomonidan O‘zbekistonga xavf, tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz” — “Tolibon” vakili

“Afg‘oniston tomonidan O‘zbekistonga xavf, tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz” — “Tolibon” vakili


Qatar poytaxti Doha shahrida Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mazkur muzokaralar doirasida “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy vakolatxonasi rahbari Mulla Birodar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, mintaqadagi vaziyat hamda o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga ustuvor masala sifatida qarashini yaxshi bilamiz. Shu yilning fevral oyida ham Dohada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan afg‘on muammosini ijobiy hal etish bo‘yicha fikr almashgan edik.

Tinchlik muzokaralari doirasida O‘zbekistonda ham tashrif bilan bo‘lganmiz va qator yuzma-yuz muloqotlarda qatnashganmiz. Shu o‘rinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning afg‘on zaminida tinchlik va barqarorlik hukm surishi uchun doimiy ravishda olib borayotgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Janob Mirziyoyevning tinchlikni ta’minlash borasidagi ko‘rsatmalari, yo‘nalishlari biz uchun qadrli. Chunki rasmiy Toshkent bu tashabbusi bilan nafaqat Afg‘oniston yoki O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo xalqlariga tinchlik va osuda hayotni ta’minlashni maqsad qilganini yaxshi bilamiz. Bugun O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonni qayta tiklash ishlarida ham faol.

O‘zbekiston tashabbusi bilan Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan Mozori-Sharif–Kobul–Peshovar yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l, Surxon–Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi kabi yirik loyihalar tahsinga loyiq. Ushbu xayrli ishlar Afg‘oniston uchun ham zarur va bu afg‘on iqtisodiyotini ko‘tarishda muhim turtki bo‘lishiga ishonamiz.

Ushbu loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun o‘zbekistonlik ko‘plab mutaxassislar Afg‘onistonda faoliyat yuritadi. Ularning xavfsizligini ta’minlash xam muhim masala. Bu jihatni e’tibordan chetda qoldirmagan holda asosiy diqqatni shunga qaratamiz.

Xabaringiz bor, bundan bir necha oy muqaddam Dohada “Tolibon” harakati va AQSh o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Shu qadamlarning o‘ziyoq “Tolibon” harakati tinchlik tarafdori ekanligini ko‘rsatadi. Biz kelishuv shartlarini bajaramiz, albatta. Shu nuqtayi nazardan aytishim mumkinki, kelgusida Afg‘oniston tomonidan O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarga xavf, tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston bilan qo‘shnichilik aloqalari yanada mustahkamlanadi. Iliq va samimiy munosabatlar har ikki mamlakat barqarorligi uchun xizmat qiladi. Yana shuni alohida qayd etmoqchimanki, kelgusida afg‘on zaminida radikal kayfiyatdagi guruh va tashkilotlar, terrorchilik guruhlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tinchlik kelishuvida nafaqat “Tolibon”, balki Amerika tomonining xam majburiyatlari bor.

Unga ko‘ra, rasmiy Vashington Afg‘onistondan o‘z harbiy qo‘shinlarini olib chiqib ketadi. Harbiylar mamlakatni tark etgach, biz Afg‘onistonni osudalik, tinchlik uyiga aylantiramiz. Mamlakatda barqarorlik hukm surishiga erishamiz.

Sir emas, so‘nggi yillarda Afg‘onistonda harbiy harakatlar tufayli vayronagarchiliklar kuzatildi, afg‘on xalqining hayoti izdan chiqdi. Ana shu urush talafotlarini bartaraf etishda qo‘shni mamlakatlar, xususan, Markaziy Osiyoning yirik mamlakatlaridan biri hisoblangan O‘zbekiston tomoni yaqindan yordam berayotganini qadrlaymiz.

Mulla Abdul G‘ani Birodar, “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy vakolatxonasi rahbari

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda Qurbon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlagan, shuningdek, afg‘onlararo inklyuziv muzokaralar olib borish uchun 400 nafar “Tolibon” a’zosining ozod qilinganini ijobiy baholagandi.

Mavzuga doir: Abdulaziz Komilov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют