» » O‘zbekistonda 2021-yildan yangicha mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinadi

O‘zbekistonda 2021-yildan yangicha mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi “Yuz.uz”.

Qaror bilan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning asosiy yo‘nalishlari belgilangan.

Jumladan:

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining ishi quyidagi tartibda tashkil etiladi:

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:

2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.

2021-yil 1-yanvarga qadar Yaponiya ish beruvchilari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi, Rossiyaning Payvandchilik nazorati milliy agentligi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida payvandchilar maktabi, BAAning rekruting Tadbeer markazlari bilan hamkorlikda Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida xizmat sohasida faoliyat ko‘rsatadigan ishchilarni tayyorlash o‘quv markazi tashkil etiladi.

2021-yil 1-yanvardan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan sifatida ro‘yxatga olingan oila a’zolariga, ular mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotganda mikroqarzlar beriladi.

Mavzuga doir: “Bu yerda homiladorlar ham bor, ular qayerda tug‘adi, yerdami?”. Samara yaqinidagi lagerda yashayotgan 4,5 ming o‘zbekistonlik muhojir haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют