» » “Jamiyatda ham, futbolda ham irqchilikka o‘rin yo‘q”. PSJ Neymarning “Marsel”ga qarshi o‘yindagi harakatini qo‘llab-quvvatladi

“Jamiyatda ham, futbolda ham irqchilikka o‘rin yo‘q”. PSJ Neymarning “Marsel”ga qarshi o‘yindagi harakatini qo‘llab-quvvatladi


PSJ klubi o‘z rasmiy saytida irqchilik ruhidagi so‘zlarni aytgani uchun “Marsel” himoyachisi Alvaro Gonsalesning boshiga zarba bergan Neymarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

PSJ Neymarni to‘laligicha qo‘llab-quvvatlamoqda, u raqib tomonidan irqchilik tahqiriga uchraganligini aytmoqda. Klub jamiyatda, futbolda va hayotimizda ham irqchilikka o‘rin yo‘qligini yana bir bor e’lon qiladi va barchani dunyodagi har qanday irqchilikka qarshi kurashishga chaqiradi.

15 yildan ortiq vaqt mobaynida klub hamkorlar bilan birgalikda har qanday kamsitishlarga qarshi kurashishga sodiq qoldi.

PSJ Fransiya Professional Futbol Ligasi intizom qo‘mitasidan irqchilikning namoyon bo‘lishi faktlarini tekshirishga va aniqlashga umid qiladi va bu borada har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi.

PSJ bayonoti

Avvalroq Neymar o‘yindan tashqari vaziyatda agressiv harakatlarni amalga oshirgani uchun 7 tagacha o‘yindan diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Neymar ispaniyalik futbolchini irqchilik ruhidagi so‘zlarni ishlatganlikda ayblamoqda. Biroq Gonsales bu ayblovlarni rad etdi va Neymarga yutqazishni ham bilish kerakligini ta’kidladi.

Qayd etish joiz, o‘sha (Fransiya chempionati 3-turidan o‘rin olgan) o‘yinda uchrashuv hakami Neymardan tashqari, yana to‘rt nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют