» » Yaponiya Marsni suratga olish uchun ilk 8K-kamerani kosmosga uchiradi

Yaponiya Marsni suratga olish uchun ilk 8K-kamerani kosmosga uchiradi


Yaponiyaning JAXA kosmik agentligi va NHK telekompaniyasi o‘zaro hamkorlikda 4K va 8K sifatga ega Super Hi-Vision Camera’lar modulini yaratmoqda. Mars tarixida birinchi bor qizil sayyora va uning tabiiy yo‘ldoshlari — Fobos va Deymos yuqori aniqlikda o‘rganiladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Super Hi-Vision kameralarini hozirda loyihalanayotgan MMX kosmik apparati Marsga, Yerdan 300 million kilometr uzoqlikdagi masofaga yetkazadi. Parvoz 2024-yilning sentabriga mo‘ljallangan bo‘lib, u sayyoraga bir yildan so‘ng yetib boradi.

Missiyaning murakkabligi uning ikki bosqichli ekanligida. Mars va uning yo‘ldoshlarini o‘rganish davomida sun’iy yo‘ldosh ularning suratlari va boshqa materillarni siqilgan holda yuboradi. Asosiy fayllarning o‘zi kosmik apparatda saqlanadi — u Yerga 2029-yilda MMXning ortga qaytish moduli orqali olib kelinadi.

Olimlar 8K-kameralar yordamida Mars fenomeni va sayyoraga juda yaqin masofada aylanuvchi uning tabiiy yo‘ldoshlarini tadqiq etadi. Loyihaning o‘ziga xosiligi — olingan barcha suratlar internetga yuklanadi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oxirlarida AQSh Marsning o‘tmishdagi hayot izlarini qidirishga mo‘ljallangan yangi Perseverance marsoxodini uchirgan edi.

Mavzuga doir: Xitoy GPS raqobatchisi hisoblanuvchi Beidou-3 navigatsiya tizimini ishga tushirdi

Avvalroq BAA o‘zining kosmik zondini birinchi bor Yaponiyadan turib Marsga uchirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Oradan ko‘p o‘tmay Xitoy ham Marsga o‘zining birinchi missiyasini uchirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют