» » Kvadrokamera, 120 gertsli ekran va Snapdragon 865+: OnePlus 8T Pro’ga oid ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Kvadrokamera, 120 gertsli ekran va Snapdragon 865+: OnePlus 8T Pro’ga oid ma’lumotlar oshkor bo‘ldi


Internetda OnePlus 8T Pro flagmanini ishlab chiqarish bekor qilingani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Biroq ushbu ma’lumot u qadar ham to‘g‘ri bo‘lib chiqmagan. Insayderlardan biri devaysning haqiqiy suratini va texnik tavsifini olishga muvaffaq bo‘lgan, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gadjetga 120 gerts yangilanishga ega 6,78 dyuyumli ekran o‘rnatiladi. Qurilma ichidan Snapdragon 865+ protsessori, 12 gigabayt tezkor va 256 gigabayt ichki xotira o‘rin oladi. “Qutidan” olingan smartfon Android 11 operatsion tizimida ishlaydi.

Gadjetning orqa paneliga kvadrokamera o‘rnatilganini ko‘rish mumkin — 48 megapikselli ikkita datchik, shuningdek, 16 va 5 megapikselli kombinatsiya. Frontal kameraning xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar oshkor qilinmagan, suratlarga ko‘ra, u harakatlanuvchi mexanizmga yashiriladi.

Internetda tarqalgan xabarlarga qaramay, kompaniya qurilma ustida olib borilayotgan ishlar haqida hech qanday ma’lumot tarqatmagan. Hatto smartfon suratining mavjudligi ham uning tez orada paydo bo‘lishini kafolatlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi o‘rtalarida Yevropa audio va videotexnika bo‘yicha jurnallar assotsiatsiyasi (EISA) yilning eng yaxshi smartfoni deya OnePlus 8 Pro’ni tan olgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют