» » Amerikada aksariyat chaqaloqlar Gollivud aktyori Kianu Rivz sharafiga nomlanayotgani ma’lum bo‘ldi

Amerikada aksariyat chaqaloqlar Gollivud aktyori Kianu Rivz sharafiga nomlanayotgani ma’lum bo‘ldi


Amerikalik oilalar orasida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa mashhur aktyor Kianu Rivzning ismi tez-tez qo‘yilmoqda. Aktyorning ismi milliy reytingda 177 pog‘onaga ko‘tarilib, hozirda 630-o‘rinni egallab turibdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Shuningdek, shahzoda Garri va uning xotini Megan Markl o‘z farzandiga bergan Archi ismi ham ommalashmoqda. Bundan tashqari, yulduz Kim Kardashyan va reper Kanye Uest farzandiga qo‘ygan Seynt ismi 123 pog‘onaga ko‘tarilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Taxtlar o‘yini” serialining muxlisi bo‘lgan ota-ona dunyoga kelgan qizalog‘ini Xalisa deb atadi. Biroq ushbu ismning mashhurligi 34-o‘ringa tushgan.

Shu bilan birga, eng ommabop ismlar reytingida o‘zgarishlar bo‘lganligi qayd qilingan. Unga ko‘ra, amerikaliklar orasida eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlarning birinchi qatorini Oliviya ismi egallab turibdi. Ushbu ism besh yil yetakchilik  qilgan Emma ismidan o‘zib ketdi va uni ikkinchi o‘ringa tushirdi. Undan keyingi o‘rinlardan joy olgan Ava, Sofiya, Izabella ismlari ham mashhur.

O‘g‘il farzandga berilayotgan Liam ismi amerikaliklar orasida ketma-ket uchinchi yil eng mashhur erkaklar ismi ro‘yxatida 1-o‘rinni egallab turibdi. Undan keyingi qatorlarda esa Noy, Oliver, Uilyam va Elayja ismlari o‘rin olgan.

Mavzuga doir: Ilon Mask o‘g‘lining ismini unutib qo‘ydi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют