» » Xorazmda yana bir shifokor koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Xorazmda yana bir shifokor koronavirus asoratlaridan vafot etdi


Xorazm viloyat 1-son klinik shifoxonasi shifokori Baxtiyor Qilichev 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Toshkent Tibbiyot institutining davolash fakultetini tugatgan Baxtiyor Qilichev ish faoliyatini Xiva tuman shifoxonasida boshlagan. Keyinchalik viloyat IIB tibbiy xizmat vrachlik ambulatoriyasi boshlig‘i, Xorazm viloyat 1-son klinik shifoxonasida ishlagan.

Xabarda aytilishicha, shifokor Baxtiyor Qilichev koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan. Ushbu o‘lim holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha axborot bergani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida, Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori To‘lqin Ashurov koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi. Undan avval esa viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma huzuridagi COVID-19’ga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi shtab rahbari Sherali Nurmatov 61 yoshida vafot etgandi. Shuningdek, Samarqand shahridagi 1-sonli tug‘ruqxona bosh vrachi Gulnora Jo‘rayeva ham 56 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 30) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют