» » Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga tanlov har bir o‘rin uchun 10 nafar nomzodni tashkil etdi

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga tanlov har bir o‘rin uchun 10 nafar nomzodni tashkil etdi


15-sentabr kuni Toshkent shahridagi “G‘alaba” bog‘i hududida Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish yozma imtihoni bo‘lib o‘tdi. Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan imtihon o‘tkaziladigan joyga kirishdan oldin nomzodlarning tana harorati o‘lchanib, tibbiy qo‘lqop, niqob, kanselyariya jihozlari va suv bilan ta’minlandi.

Imtihon ochiq va shaffof o‘tkazilishi uchun chet tili bo‘yicha test savollarini tuzish, imtihonni o‘tkazish va javoblarini baholashga Davlat test markazi jalb qilindi. Kuzatuvchi va imtihon javoblarini tekshirishda mutaxassis sifatida turli ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari va boshqa idoralar vakillari taklif etilgan. Akademiya rasmiy saytida e’lon qilingan imtihon materiallari asosida tuzilgan biletlar avtomatik tarzda elektron generatsiya qilindi. Har bir nomzodga individual identifikatsion raqam berilib, imtihon javoblari to‘liq shifrlandi.

2020/2021-o‘quv yiliga magistraturaning Prokurorlik faoliyati, Tergov faoliyati va Korrupsiyaga qarshi kurashish mutaxassisliklari bo‘yicha jami 30 ta qabul kvotasi tasdiqlangan bo‘lib, tanlov har bir o‘rin uchun 10 nafar nomzodni tashkil etdi. Yozma imtihon chet tili bo‘yicha test savollari va huquqiy mavzudagi essedan iborat bo‘ldi. Magistraturaga tanlov Yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy yuridik ma’lumotga ega shaxslar, jumladan prokuratura organlari xodimlari orasida o‘tkazildi.

Esse mavzulari jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, fuqarolik huquqi va fuqarolik-protsessual huquqi kabi fanlardan tuzilgan bo‘lib, nomzod o‘z bilim va qobiliyatlarini to‘laqonli namoyon etishi uchun taklif etilgan savollar orasidan o‘ziga eng yaqin bo‘lgan mavzuni tanlash imkoniyatiga ega edi. Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning V2 darajasiga ega bo‘lgan nomzodlarga chet tilidan imtihonsiz maksimal ball beriladi.

Imtihon jarayoni Akademiyaning Facebookdagi rasmiy sahifasida onlayn namoyish qilingan. Esse mavzulari, biletlar, suhbat savollari, shuningdek, abituriyentlar ro‘yxati va ularning imtihonga kirish vaqtlari Akademiya rasmiy veb-saytida oldindan e’lon qilingan.

Kirish imtihonining suhbat shaklidagi ikkinchi bosqichining o‘tkazilish vaqti qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют