» » IIV podpolkovnigi Abdurahmon Pardiyev koronavirus asoratlaridan vafot etdi

IIV podpolkovnigi Abdurahmon Pardiyev koronavirus asoratlaridan vafot etdi


Ichki ishlar vazirligi qoshidagi 2-sonli Toshkent akademik litseyi direktori lavozimida ishlagan podpolkovnik Pardiyev Abdurahmon Azizovich 11-sentabr kuni 52 yoshida vafoti etdi, deya xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

Abdurahmon Pardiyev ilgari O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi malaka oshirish instituti boshlig‘i sifatida ham faoliyat olib borgan.

“Daryo”ning rasmiy doiralardagi manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Abdurahmon Pardiyev koronavirusga chalingan, Zangiotadagi COVID-19 bemorlarini davolashga ixtisoslashtirilgan kasalxonada davolanayotgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu o‘lim holati koronavirus asoratlari oqibatida yuz berganini hozircha tasdiqlagani yo‘q.

“Daryo” hisobi bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 416 nafarga yetdi.

Abdurahmon Pardiyevdan tashqari ichki ishlar organlari tizimida ishlagan kamida 6 nafar xodimning koronavirus qurboni bo‘lgani rasman tasdiqlangandi:

Ulardan A’loxon Shomahmudov, Shavkat Nafasov va Yesemurat Qayipnazarovlar vafotidan so‘ng “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют