» » O‘zbekistonda tug‘ilgan Shavkat Rahmonovning UFC’dagi debyut jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda tug‘ilgan Shavkat Rahmonovning UFC’dagi debyut jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


Qozog‘istonlik yakkakurashchi Shavkat Rahmonov UFC’dagi debyutini 24-oktabr kuni Abu-Dabi (BAA) shahridagi “Jangchilar orolida” o‘tkaziladigan UFC 254 musobaqasida o‘tkazadi.

MMA Fighting xabariga ko‘ra, uning UFC’dagi ilk raqibi 33 yoshli tajribali braziliyalik Elizeu Zaleski dos Santos bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, Shavkat aslida UFC’dagi debyutini mart oyida o‘tkazishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli uning ishtirokidagi jang qoldirilgandi.

25 yoshli Rahmonov UFC tarixiga ilk qozog‘istonlik sportchi sifatida kiradi. U MMA’dagi faoliyati davomida 12 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Sakkizta jangda nokaut evaziga raqiblarini taslim qilgan. Dos Santos esa UFC’da 2015-yildan beri harakat qiladi. Shu vaqt mobaynida u 11 ta jang o‘tkazib, shularning 8 tasida g‘alaba qozongan, 3 tasida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov 1994-yil 23-oktabrda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi shahrida tug‘ilgan. U 2011-yil Qozog‘istonga ko‘chib borgan. Avval Turkiston, Qarag‘anda viloyatlarida istiqomat qilgan. So‘ngra Ko‘kchatauga ko‘chib, “Ko‘kcha” akademiyasida ta’lim olgan. MMA’ga qadar boks, sambo hamda jiu-jitsu bilan shug‘ullangan. 2014-yilda esa MMA’da ilk jangini o‘tkazgan.

UFC 254 kechasining asosiy voqeasi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi chempionlik jangi bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют