» » Tarixdagi eng uzun seriallardan biri — “Santa-Barbara” aktyorlari 36 yildan so‘ng (foto)

Tarixdagi eng uzun seriallardan biri — “Santa-Barbara” aktyorlari 36 yildan so‘ng (foto)


9 fasl, 2137 qismdan iborat “Santa-Barbara” seriali 1984-yildan Amerikada suratga olina boshlagan. Yillar davomida namoyish etilgan eng uzun serial Maykl Glion, Rik Bennevits hamda Norman Xoll kabi rejissorlarning ijodiy mahsuli hisoblanadi.

Serial voqealari Kaliforniyaning Santa-Barbara shahrida yashovchi turli qatlamdagi to‘rtta oila atrofida bo‘lib o‘tadi. Kartina suratga olingandan buyon oradan 36 yil o‘tdi, xo‘sh, unda ishtirok etgan aktyorlar qay darajada o‘zgardi, ularning hayoti qanday davom etdi? Bugun ushbu savollarga javob izlaymiz.

    Kelli Kepvell — Robin Rayt

Serial namoyishidan so‘ng muvaffaqiyatli karyeraga ega bo‘lgan hamda AQShdan tashqarida ham mashhurlikka erishgan aktrisa “Kartalar uyi” serialidagi roli uchun “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘ldi. 2017-yil “Mo‘jiza ayol” nomli filmda Antiopa rolini ijro etdi va shundan buyon Marvel filmlarida rol ijro etmoqda.

Shuningdek, Robin 14 yil mobaynida Shon Penn bilan bir oila bo‘lib yashadi. 2018-yilga kelib “Saint Laurent” kompaniyasi menejeri Kliment Jiroga turmushga chiqdi.

Iden Kepvell-Kastiliyo— Marsi Uoker

Ishonish qiyin, ammo aktrisa 2006-yil nafaqaga chiqqan va Amerikaning Oklaxoma shtatidagi kichik bir shaharchaning nasroniy ruhoniysiga aylangan. Aktrisaning ijodi uchta – “Barchasi mening bolalarim”, “Santa-Barbara” va “Yo‘l ko‘rsatuvchi nur” kabi uzundan uzun seriallardagi hamda bir nechta filmdagi rollaridan iborat.

Aytgancha, aktrisa 30 yoshiga qadar to‘rt marotaba oila qurib, ajrashishga ham ulgurgan. U 20 yildan buyon beshinchi turmush o‘rtog‘i bilan yashamoqda.

Kruz Kastiliyo — Adolfo Larrue Martines

Aktyorning tarjimayi holi ham xuddi o‘zi ijro etgan serialdagi qahramoni kabi qiziqarli voqealarga boy. Aktyor maktabda o‘qib yurgan vaqtlarida rok-guruhda qo‘shiq kuylagan, 11 yoshida filmlarda suratga tushgan. “Santa-Barbara” seriali suratga olinayotganda Adolfo anchagina tajribali aktyorga aylangan edi, shuningdek, Kruz Kastiliyo obrazi uchun “Emmi” mukofoti bilan taqdirlangan.

Meysen Kepvell—Leyn Devis 

Aktyor serialdagi rolini 1989-yil tark etdi, musiqiy albomlar chiqardi va bor e’tiborini teatrga qaratdi. Devis hozirda sahnada rol ijro etadi, shu bilan birga, o‘zi ham Shekspirning asarlarini sahnalashtiradi. Ba’zida kinolar ham suratga olib turadi.

Sofiya Kepvell—Judit Makkonnell

77 yoshli aktrisa hanuzgacha teleshoularda ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, u katta loyihalarda ham ishtirok etgan. Masalan, “Oshiqlar”, “Yirtqichlar makoni”, “Amerikadagi jinoyatchilik tarixi” kabi seriallarda turli xarakterdagi obrazlarda namoyon bo‘lgan.

   SiSi Kepvell—Jed Alan     

“Santa-Barbara” yakunidan so‘ng aktyor faqat seriallarda ijodini davom ettirdi. 2019-yil 9-mart kuni Jed yurak yetishmovchiligi kasalligidan 84 yoshida vafot etdi.

      Layonell Lokrij—Nikolas Koster

Serial namoyishidan ancha vaqt o‘tib, 2010-yil Nikolas Koster Facebook sahifasi orqali moskvalik Yelena Borodulina ismli ayoldan xabar oldi. Unga ko‘ra, sadoqatli muhlisa aktyorning serialdagi epizodlarini jamlagan rolikni yuborgan. Shu tariqa aktyor va ayol o‘rtasida yozishmalar davom etdi. Oradan bir yil o‘tib, Nikolas Sankt-Peterburgga keldi va ilk bora ular uchrashishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin moskvalik muhlisa Amerikaga, Kosterning yoniga uchdi. Shundan so‘ng ularning munosabati turmush qurish bilan yakunlandi. Aytgancha, Koster so‘nggi paytlarda hech qanday filmda suratga tushmadi.

   Ted Kepvell— Todd MakKi

56 yoshga kirgan aktyor shu vaqtgacha oila qurmadi. Bu esa uning atrofida bo‘ladigan mish-mishlarni kuchaytirgan. Aktyor allaqachon suratga tushish ishlarini to‘xtatgan va investitsiya bankida moliyaviy maslahatchi vazifasida ishlaydi.

  Juliya Ueynrayt-Kepvell—Nensi Li Gran

Bundan 16 yil avval aktrisa o‘zini teleboshlovchi sifatida ham sinab ko‘rdi, ammo keyinchalik xayriya ishlariga sho‘ng‘ib ketdi. Afsuski, 2007-yil aktrisaga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgandi. So‘ng maxsus terapiya muolajasini olib, sog‘ayishga erishdi. Hozirda u spirtli ichimlikka mukkasidan ketgan insonlarga yordam beradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют