» » Piskent tumaniga yangi hokim va sektor rahbarlari tayinlandi

Piskent tumaniga yangi hokim va sektor rahbarlari tayinlandi


Toshkent viloyati Piskent tumaniga Rahimjon Rixsiyev hokim etib tayinlandi. Shuningdek, tumandagi sektorlarga ham yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Piskent tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Rixsiyev Rahimjon Mirqodirovich Piskent tumani hokimi etib tayinlandi.

Rahimjon Rixsiyev 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2003-yilda Toshkent davlat moliya institutini, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Rahimjon Rixsiyev Toshkent viloyati hokimining yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Shuningdek, sessiyada Piskent tumani prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham lavozimidan ozod etilib, yangi tarkibda ish boshlagan sektor rahbarlari tayinlandi.

Tuman prokurori lavozimiga Alisher Jo‘rayev, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Shuhrat Meliyev va tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Jasur Sayfiyev tayinlandi.

Avvalroq AQShda ishlagan 29 yoshli mutaxassis Sirdaryo viloyati hokimiga maslahatchi etib tayinlangani, Shirin shahriga 31 yoshli yangi hokim tayinlangani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют