» » Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi revansh jangi sanasi tasdiqlandi

Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi revansh jangi sanasi tasdiqlandi


Professional boksning og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempioni Aleksandr Povetkin (36-2-1, 25 KO) va Dillian Uayt (26-2, 18 KO) o‘rtasidagi revansh jangi 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu ma’lumotni har ikki bokschi tasdiqladi.

“Dam oldim, oilam bilan vaqt o‘tkazdim. Endi revansh sanasi aniq bo‘lgach, yana mashg‘ulot lageriga yo‘l olaman va bu jangga ham xuddi birinchi galdagidek hozirlik ko‘raman.

Dillian Uayt — yaxshi, kuchli bokschi, buni jangdan oldin ham, keyin ham aytganman. 21-noyabrda ringga chiqishga tayyor bo‘laman. Ishonchim komil, biz yana yaxshi va chiroyli boks namoyish qilamiz”, — deydi Povetkin.

Uayt esa Instagram sahifasida jang afishasini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Povetkin 23-avgustda Uaytga qarshi jang olib borgan va beshinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Povetkin va Uayt o‘rtasidagi ilk jangni tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют