» » Ro‘ziqul Berdiyev: “Andijon”ga qarshi eng yomon o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik

Ro‘ziqul Berdiyev: “Andijon”ga qarshi eng yomon o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik


“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Coca-Cola Superliga 15-turi doirasida “Andijon”ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabadan (1:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu bahsda raqibdan yaxshiroq o‘ynamadik. Lekin, g‘alaba qozondik. Bu futbolda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar mag‘lub bo‘lganimizda o‘z xatolarimiz evaziga yutqazgan bo‘lardik. Futbolchilarni bu o‘yinga ruhiy tomondan tayyorlash qiyin bo‘ldi. Istasak istamasak yigitlar musobaqa jadvaliga, raqibning oxirgi o‘yinlariga qaraydi. Tan olish kerak, “Andijon” jamoasi bizga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdi. Ularning himoya va hujum chizig‘ida muammolar borligini bilardik. Xatolardan unumli foydalanish kerakligini tushuntirdik.

Yuqorida ham aytdim, “Andijon”dan yaxshi o‘ynamadik. Kiyinish xonasida ham yigitlarga bu oxirgi yomon o‘yinimiz bo‘lishi kerakligini aytdim. Jamoamiz bu qadar yomon to‘p tepmagan. Eng yomon o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik. Maydon holati ham ideal emas edi. Shuning uchun ham ikki jamoa qiynaldi. Mazmunli o‘yin ko‘rsatish uchun to‘sqinlik qildi.

“Andijon”ning yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q edi. Ular har bir bahsda natija uchun o‘ynamoqda. Shuning uchun mahorati yetganicha kurashmoqda. Raqib to‘rtta hujumchi bilan oldinga o‘tgani uchun uchinchi markaziy himoyachini tushirdik. Bu sxemada ko‘p o‘ynaganmiz. Asosiy maqsadimiz natijani saqlab qolish edi.

Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi

“Nasaf” mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 29 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi turda “Surxon”ga qarshi bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют