» » Ro‘ziqul Berdiyev: “O‘zbek transfer bozorida yaxshi hujumchilar kamayib ketdi”

Ro‘ziqul Berdiyev: “O‘zbek transfer bozorida yaxshi hujumchilar kamayib ketdi”


“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Coca-Cola Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv”ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng (4:0) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Himoyada bexato o‘ynashga harakat qildik. Hujumdagi vaziyatlarning juda kamidan foydalandik. “Lokomotiv” jamoasi himoyada ko‘p xatolar qildi. Shuning uchun vaziyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qildik. Futbolchilarga ham katta rahmat aytaman, ko‘rsatmalarimni bajarishdi. Diqqat va e’tiborni yo‘qotmasdan harakat qildi.

Yana bir hujumchi olsak yaxshi bo‘lardi, buni rahbariyat bilan gaplashamiz. Qanot pozitsiyasida muammolarimiz bor. O‘zbek bozorida hujumchilar kamayib bormoqda, lekin tajribali hujumchi bo‘lsa ko‘rib chiqamiz.

“Lokomotiv”ning hozirgi tarkibi ham tajribali. Yigitlarga avvalgi natijalarni esdan chiqarib to‘p tepishlarini ta’kidlagandim. Klublar va futbolchilar har uch kunda o‘ynashga tayyor emas. Oxirgi ikki turda temp juda pas bo‘ldi. Bunga o‘rganishimiz kerak. Futbolchilarimiz turli terma jamoalarga taklif etildi. Endi Qarshiga boramiz va futbolchilarga uch kun dam olish imkonini beramiz.

Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi

“Nasaf” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 23 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi turda “Qizilqum” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют