» » Paxtaobod tumani va Xonobod shahri hokimlari pnevmoniya bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi

Paxtaobod tumani va Xonobod shahri hokimlari pnevmoniya bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi


Andijon viloyatining Paxtaobod tumani va Xonobod shahri hokimlari pnevmoniya bilan kasallangan va 15 kundan beri ishga chiqmagan. Bu haqda “Xalq so‘zi online” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov va Xonobod shahar hokimi Musaxon Mamadaliyevlarning 15 kundan buyon ishga chiqmayotganligi jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Andijon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hokimlarning har ikkalasi ham pnevmoniya kasalligidan davolangan va shu kunlarda ish faoliyatini qayta tiklash arafasida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev 8-sentabr kuni koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi. Iyul oyida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev koronavirus bilan kasallanib, vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют