» » AQSh va Kanadadagi o‘zbekistonliklar Surxondaryoga 50 ming dollarlik kislorod konsentrati, pulsoksimetr va shaxsiy himoya vositalari yubordi

AQSh va Kanadadagi o‘zbekistonliklar Surxondaryoga 50 ming dollarlik kislorod konsentrati, pulsoksimetr va shaxsiy himoya vositalari yubordi


Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashish uchun qiymati 50 ming dollarlik kislorod konsentrati, pulsoksimetr va shaxsiy himoya vositalari topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, ushbu vositalar O‘zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchixonasi, Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi, AQSh va Kanadadagi vatandoshlar uyushmasi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida olib kelingan bo‘lib, AQSh hamda Kanadada yashaydigan o‘zbekistonliklarning “Biz O‘zbekistonga befarq emasmiz” shiori ostida jamg‘argan mablag‘lari hisobiga xorijdan xarid qilingan.

“Vatandoshlarimiz O‘zbekistonda pandemiyaga qarshi kurashishga beg‘araz yordam berish uchun qisqa vaqtda 100 ming dollar yig‘di. Ushbu mablag‘ga O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va jamg‘armamiz tomonidan zamonaviy tibbiyot uskunalari hamda boshqa shaxsiy himoya vositalari xorijdan bojxona to‘lovlarisiz olib kelindi”, — deydi AQShning Give To Get International Ing jamg‘armasi O‘zbekistondagi vakili M.Qodirov.

Xabarda aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligining taqsimotiga asosan uning teng yarmi Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalariga yetkazib berildi. Qolgan tibbiyot uskunalari va shaxsiy himoya vositalari Surxondaryo viloyatiga olib kelingan va shu kuni Termiz shahri va tumanlardagi tibbiyot birlashmalariga jo‘natildi.

Mavzuga doir: AQShdagi o‘zbekistonliklar koronavirusga qarshi dori yaratib, Alisher Usmonovga yordam so‘rab murojaat qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют