» » Donald Tramp Bashar Asadni yo‘q qilishni taklif etgani ma’lum bo‘ldi

Donald Tramp Bashar Asadni yo‘q qilishni taklif etgani ma’lum bo‘ldi


AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha yil oldin Suriya prezidenti Bashar Asadni yo‘q qilish rejasini tuzgan, biroq bu ishni amalga oshirish murakkab bo‘lgani sababli rejadan voz kechgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Men o‘ylagandimki, uni yo‘q qilish yaxshiroq bo‘lardi. Biz tayyor edik. Biroq Mettis (Pentagonniong sobiq rahbari — tahr.) qarshi bo‘lgan. Mettisga ortiqcha baho berib yuborilgan”, — deya ma’lum qilgan Tramp.

Trampning aniqlik kiritishicha, Bashar Asadni yo‘q qilish bo‘yicha reja 2017-yilda ishlab chiqilgan. AQSh prezidentining qayd etishicha, u reja amalga oshmaganiga afsuslanmaydi, chunki rejaning muvaffaqiyatli chiqishiga kafolat bo‘lmagan.

OAVlarda 2018-yilda Tramp Asadni yo‘q qilishga buyruq bergani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezidenti Suriyaning Dum shahrida kimyoviy hujum uyushtirilgani haqidagi xabarlardan g‘azabda bo‘lgan va Mettisdan Asadni “shunchaki o‘ldirishni” talab qilgan. Pentagon rahbari bu ishni darhol amalga oshirishga va’da bergan, biroq o‘z yordamchilariga vazminlik bilan ish ko‘rish kerakligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampning topshirig‘i bilan 2020-yilning boshida Eronning eng nufuzli generali Qosim Sulaymoniy Bag‘dod yaqinida o‘ldirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют