» » Qo‘shko‘pir FVB boshlig‘i COVID-19 tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va vafot etgan. SSV esa unda koronavirus aniqlanganini rad etdi

Qo‘shko‘pir FVB boshlig‘i COVID-19 tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va vafot etgan. SSV esa unda koronavirus aniqlanganini rad etdi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Kuanishbay Akimov va Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qilgandi. Shuningdek, Xorazm viloyat 1-son klinik shifoxonasi shifokori Baxtiyor Qilichev koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgani haqida xabar berilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Qo‘ng‘irot tumani FVB boshlig‘ining vafotiga koronavirus sabab bo‘lganini tasdiqlagandi. Ammo vazirlik Xorazm viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayangan holda Xorazmda vafot etgan Doniyor Jabborov hamda Baxtiyor Qilichevda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.

“Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor D.J. 12-sentabr kuni koronavirus asoratlari tufayli vafot etgani o‘z isbotini topmadi. Koronavirusga gumon qilinib shifoxonaga yotqizilgan marhum bemordan 10-sentabr kuni olingan maxsus laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra, unda koronavirusni keltirib chiqaruvchi SARS CoV-2 virusi aniqlanmagan”, — deyiladi SSV xabarida.

“Daryo” internet-nashri tomonidan O‘zbekistonda koronavirus qurboni bo‘lganlarning ro‘yxati yuritib boriladi, FVV axborotidan so‘ng Doniyor Jabborov ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan. Xorazm viloyati SSB unda koronavirus aniqlanganini rad etgan bo‘lsa-da, Doniyor Jabborovning o‘limidan keyin rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatda u shifoxonaga yotqizilganda COVID-19 va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgani qayd etilgan (Ushbu hujjat nusxasi “Daryo” ixtiyorida bor). Shu sababli “Daryo” nashri Doniyor Jabborovni koronavirus qurbonlari ro‘yxatida qoldirishga qaror qildi.

“Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusdan vafot etgani aytilgan xivalik shifokor B.Q.ning Urganch shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli karantin shifoxonasidan olingan kasallik tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, marhumda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmagan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik tomonidan bildirilishicha, 27-avgust kasalxonaga yotqizilgan bemorda birlamchi tekshiruv jarayonida maxsus laboratoriya tekshiruvida ham, keyingi tashxislarda ham koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Bemorning o‘limdan keyingi tashxisi natijalariga ko‘ra, bemorning vafotiga ikki tomonlama pnevmoniya sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: Habibulla Oqilov O‘zbekistonda 14 yoshli bola koronavirusdan vafot etganini aytgandi. Buning (rasman) yolg‘onligi isbotlanishi uchun ikki oy kerak bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют