» » Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori koronavirus asoratlaridan vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori koronavirus asoratlaridan vafot etgani ma’lum bo‘ldi


Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Xo‘jayev Oybek Otanazarovich vafot etgani xabar qilingandi. O‘zA’ning xabar berishicha, Xo‘jayevda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bemor ma’lum vaqtdan buyon kasallikdan davolanayotgan bo‘lgan.

Avval hokimlik prokurorning o‘limi sababi haqida ma’lumot bermagan. “Daryo” muxbiri so‘roviga javoban bu haqda ma’lumotga ega emasligini bildirgan edi. Samarqand viloyat prokuraturasiga berilgan savollar ham ochiq qolayotgani qayd etilgandi.

Oybek Xo‘jayev 1976-yil Xorazmda tug‘ilgan va 2018-yil noyabr oyidan buyon Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, prokurorning janozasi 2-sentabr kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bo‘lib o‘tadi.

Avval ham Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov,  Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani xabar qilingan. Biroq SSV shu vaqtga qadar mazkur o‘lim holatlarini rasmiy statistikaga qo‘shmay kelmoqda.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 324 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etgani haqida xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni Oybek Xo‘jayevning vafotini ham qo‘shib hisoblaganda 336 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 00:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют