» » Grenlandiyadagi eng katta muzlik bo‘laklarga bo‘linib ketdi

Grenlandiyadagi eng katta muzlik bo‘laklarga bo‘linib ketdi


Grenlandiyadagi eng yirik shelf muzligidan maydoni 110 kvadrat kilometr bo‘lgan muz bo‘lagi ajralib chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu muz bo‘lagining ajralishi iqlim o‘zgarishi juda tez yuz berayotganidan darak beradi.

Germaniyaning Erlangen—Nyurnberg universiteti mutaxassisi Jenni Turtonning aytishicha, Grenlandiyada so‘nggi 40 yil ichida havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha uch darajaga ko‘tarilgan. 2019 va 2020-yillarda esa eng yuqori harorat qayd etilgan.

Mayda qismlarga bo‘linib ketgan 79N nomli muzlik 2019-yilda chuqur yoriqlar bilan qoplangandi. 2020-yilning issiq yozi esa vaziyatni yanada murakkablashtirdi.

Avvalroq olimlar Yer iqlimi endi hech qachon avvalgidek bo‘lmasligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 00:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют