» » Tramp yaqin vaqt ichida AQShda koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilishini aytdi

Tramp yaqin vaqt ichida AQShda koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilishini aytdi


AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, yaqin bir necha hafta ichida koronavirusga qarshi vaksina ma’qullanadi. Bu haqda ”Interfaks” xabar berdi.

“Bizda bir necha hafta ichida vaksina bo‘ladi. Bu to‘rt, balki, sakkiz haftadan keyin yuz berishi mumkin”, — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Uning qayd etishicha, AQShda vaksina yaratish ustida “ajoyib kompaniya” ishlamoqda.

“Agar men bo‘lmaganimda, bizda bir necha yil davomida vaksina bo‘lmagan bo‘lardi. Bu jarayonni (vaksina yaratish jarayoni) Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati ustidan sanitar nazorat boshqarmasi bilan tezlashtirdim”, — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Avvalroq Donald Tramp vaksina 3-noyabrga belgilangan prezidentlik sayloviga qadar tayyor bo‘lishini istisno qilmagandi.

Biroq sentabr oyida AstraZeneca kompaniyasi COVID-19’ga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini bemorlarning birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sabab to‘xtatganini ma’lum qilgan. Keyinroq kompaniya sinovlar davom ettirilishini bildirdi.

AstraZeneca AQShda koronavirusga qarshi vaksina sinovlarining uchinchi bosqichini o‘tkazayotgan uchta kompaniyadan biri hisoblanadi. Ayni paytda mamlakatda Pfizer va Moderna kompaniyalari ham koronavirusga qarshi ikkita vaksina sinovlarini o‘tkazmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют