» » Rossiyada “PAZ” avtobusi g‘ildiraklar ustidagi shinam uyga aylantirildi (foto)

Rossiyada “PAZ” avtobusi g‘ildiraklar ustidagi shinam uyga aylantirildi (foto)


“Pazik”larni ta’mirlash va tyuning qilish bilan shug‘ullanuvchi Nijegorodsk viloyatidagi xususiy kompaniyalardan biri to‘liq uzatmali “PAZ-3206” bazasida shinam avtouyni yaratdi. Mijoz buyurtmasiga ko‘ra, avtobusning yurish qismi qayta ishlangan, saloni keng xona shakliga keltirilgan, deb xabar beradi Motor.

“Pazik” kuzovi nastarin rangiga bo‘yalgan, tom qismiga tent tortilgan, barcha teshiklari germetiklangan, shuningdek, salonning issiqlik va shovqinni bostiruvchi jihozlari yaxshilangan.

Avtobus interyeriga qora daraxt yordamida ishlov berilgan, oshxonaga rakovina va gaz plitasi, muzlatkich va hatto ko‘chma mini-bar o‘rnatilgan. Haydovchi o‘rindig‘i orqasidan to‘rtta stulli ovqatlanish joyi va shisha idishlarni saqlash uchun javon o‘rin olgan. Shuningdek, kemperda ikki kishilik yotoqxona, dushli sanuzel va yig‘ma rakovina ham bor.

Ustalar avtouyni yaratishda to‘liq uzatmali “PAZ-3206” bazasidan foydalangan. Iqtisodiy tejamkorlik yo‘lida “ZMZ V8” benzin dvigateli gazga moslashtirilgan, ballonlari esa avtomobilning orqa ost qismiga o‘rnatilgan.

“Pazik”ni ta’mirlash uchun 1,2 million rubl (15,6 ming dollar) sarflangan — avtobusni esa mijozning o‘zi taqdim etgan. Avtobus kategoriyasi D dan C ga o‘tkazilgani sabab uni umumiy foydalaniladigan yo‘llarda ham haydasa bo‘ladi.

Avvalroq Moskvada Lada 4x4 modeli g‘ildiraklar ustidagi uyga aylantirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: “UAZ” pikapi uch kishilik modulga ega avtouyga aylantirildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют