» » AQSh sog‘liqni saqlash vaziridan koronavirusga qarshi kurashdagi tartibsizlik sabab iste’foga chiqish so‘raldi

AQSh sog‘liqni saqlash vaziridan koronavirusga qarshi kurashdagi tartibsizlik sabab iste’foga chiqish so‘raldi


AQSh Senatidagi demokratlar yetakchisi Charlz Shumer mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azardan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda prezident Donald Trampga qarshi tura olmagani uchun iste’foga chiqishni talab qildi, deb yozadi The Hill.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi prezidentning “injiqliklarini ko‘tarishga” imkon yaratib bergan. “Men vazir Azarni zudlik bilan iste’foga chiqishga chaqiraman. Bizga prezident Trampning siyosiy manfaatlari emas, Amerika xalqi haqida qayg‘uradigan sog‘liqni saqlash vaziri kerak”, — deydi Shumer.

Demokratlar Sog‘liqni saqlash vazirini o‘z idorasidagi tartibsizlik va noto‘g‘ri boshqaruv haqida ma’lum qilmaganlikda ayblamoqda. Xususan, vazir yordamchisi Maykl Kaputo olimlarni Amerika yetakchisiga qarshi til biriktirishda va AQSh Kasalliklar profilaktikasi va nazorati hisobotlari Oq uy rahbarining so‘zlariga mos kelishi uchun uni o‘zgartirishga uringanlikda ayblagan.

Avvalroq AQSh sobiq prezidenti Barak Obama mamlakatda koronavirusdan vafot etgan 170 ming kishining o‘limi prezident Donald Trampning noprofessionalligi sabab yuzaga kelganini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, aprelda The Wall Street Journal Amerika prezidenti apparatidagi manbalariga tayanib, Oq uy AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azarni koronavirusga qarshi kurash masalasida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun lavozimidan ozod etishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Politico esa Oq uy Sog‘liqni saqlash vazirligiga rahbar sifatida bir necha nomzodni ko‘rib chiqayotganini yozgan. Keyinroq Tramp ushbu xabarlarni rad etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют