» » Bahrayn va BAA Isroil bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash borasidagi bitimni imzoladi

Bahrayn va BAA Isroil bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash borasidagi bitimni imzoladi


BAA tashqi ishlar vaziri Abdulla ibn Zayd al-Nahayon va Bahrayn tashqi siyosiy idorasi rahbari Abdullatif al-Zayoniy Vashingtonda Isroil bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Marosimda Isroil tomonidan mamlakat bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ishtirok etdi, deb xabar beradi Reuters.

Shuningdek, marosimda Isroil va ikki arab mamlakati o‘rtasida vositachilik qilgan AQSh prezidenti Donald Tramp ham qatnashgan. U ushbu kunni “ajoyib kun” deb atagan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uch mamlakat barcha dinlarga mansub odamlar tinch-totuv yashashini ta’minlaydigan kunlarni yaqinlashtirmoqda.

Bahrayn va BAA 1994-yilda Isroilni tan olgan birinchi davlatlar hisoblanadi. 16 yil oldin AQSh prezident Bill Klinton vositachiligidagi Vashingtonda Isroil va Iordaniya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash bitimi imzolangandi. Qolgan arab davlatlari orasidan faqat Misr 1979-yilda Isroil bilan kelisha olgan.

Mavzuga doir: Mahmud Abbos Falastin AQSh va Isroil bilan barcha kelishuvlardan chiqishini e’lon qildi

Avvalroq Isroil va BAA investitsiya, turizm, to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar, xavfsizlik, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda bir qator shartnomalarni imzolashi to‘g‘risida xabar berilgandi. Falastin rahbariyati uch tomonlama kelishuvga qat’iy qoraladi hamda o‘z elchisini BAAdan chaqirib oldi. Avgust oxirlarida esa BAA Isroilga nisbatan 48 yil davom etgan iqtisodiy boykotni bekor qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют