» » Eron Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatayotgan Bahraynga “qattiq qasos” bilan tahdid qildi

Eron Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatayotgan Bahraynga “qattiq qasos” bilan tahdid qildi


Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) Bahraynni Isroil bilan munosabatlarni normallashtirayotgani sababli undan qasos olinishi haqida ogohlantirdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”

“Bahraynning zolim hukmdorlari Quddusni ozod qilish uchun kurashayotganlardan, ushbu mamlakat musulmonlari va iymonli xalqidan qattiq qasos kutishsin”, – deyiladi IIMK bayonotida.

IIMK ta’kidlashicha, Bahrayn hukumati “xiyonat” va “ahmoqona xatoni” amalga oshirgan va ularga munosib javob beriladi.

Bahrayn va Isroil 11-sentabr kuni diplomatik aloqalar o‘rnatilishini e’lon qildi. Bahrayn so‘nggi bir oy ichida Birlashgan Arab Amirliklaridan keyin AQSh orqali Isroil bilan kelishuvga erishgan ikkinchi davlat bo‘ldi. Tinchlik shartnomalarini imzolash marosimi 15-sentabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют