» » Bahrayn AQShning Golanga qarshi qaroridan afsusda ekanligini ma’lum qildi

Bahrayn AQShning Golanga qarshi qaroridan afsusda ekanligini ma’lum qildi


Bahrayn Tashqi ishlar vazirligi AQSh ma’muriyatining Golan tepaliklaridagi Isroil suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi qaroridan afsusda, deb yozadi “TASS”.

“Bahrayn Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi AQShning Suriyaning Golan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi bayonotidan afsusda ekanligini ma’lum qiladi”, — deyiladi qirollik tashqi ishlar vazirligining saytida e’lon qilingan bayonotda. Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlarning ushbu harakati Yaqin Sharqda uzoq muddatli va barqaror tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga putur yetkazadi.

Bahrayn Tashqi ishlar vazirligi keng qamrovli, adolatli va davomli tinchlikka erishish uchun Isroilni Suriya Golan tepaliklarini ishg‘ol qilishni to‘xtatishi, Isroil qo‘shinlarini olib chiqishi kerakligini qayd etgan.

25-mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Oq Uyda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan uchrashuv chog‘ida Golan tepaliklarida Isroil suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi proklamatsiyaga imzo chekkan. Ilgari Suriya, Rossiya, shuningdek, Germaniya va Fransiya kabi asosiy Yevropa davlatlari bunday bir tomonlama harakatlarga qarshi chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют