» » O‘zbekiston mehmonxona va xostellarida mehmonlarni hisobga olishning yangi tartibi joriy etildi

O‘zbekiston mehmonxona va xostellarida mehmonlarni hisobga olishning yangi tartibi joriy etildi


Endilikda joylashtirish vositalari xizmatIdan foydalangan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar E-Mehmon avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali hisobga olinadi, deya xabar bermoqda Davlat turizm qo‘mitasi.

O‘zbekistonning barcha hududlaridagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shu kabi boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish (propiska) Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mahalliy va xorijlik fuqarolarning respublika bo‘ylab harakatlanishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish, olingan ma’lumotlar asosida istiqbolli rejalar ishlab chiqish va samarali amalga oshirish maqsadida yuqoridagi tartiblarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Qayd etilishicha, bundan buyon joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalangan barcha shaxslar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga kabi boshqa muassasalarga borganda shu muassasalar ma’muriyati tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida E-Mehmon avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali hisobga olinishi kerak.

Hisobga olish avvalgidek 12 soat mobaynida emas, balki ular kelib joylashgan vaqtda, ularning bu yerda bo‘lish muddati va kelishining davriyligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Joylashtirish xizmatini ko‘rsatuvchi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shu kabi boshqa tashkilotlar rahbarlaridan mazkur tartibga qat’iy rioya qilishlari so‘raladi.

Mazkur tartiblarning joriy qilinishi mahalliy va xorijiy sayyohlarning sog‘lig‘i va mulki xavfsizligini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kafolatlangan xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashga qaratilgani ta’kidlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют