» » O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tizimi ishga tushirildi


O‘zbekistonda 15-iyuldan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tizimi — “Emehmon.uz” ishga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi UzDaily.

Endilikda chel el fuqarosi mamlakatga kelgandan so‘ng e-mehmon tizimi orqali ishlab, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish uchun 30 daqiqa shaxsiy vaqtini yo‘qotmaydi. Sayyohlar ro‘yxatdan o‘tish masalasini davlat organlari ishtirokisiz hal etishi mumkin.

Tizim chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vebsayt, mobil ilova va mustaqil sayyohlarni ro‘yxatga olish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi.

Portal orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun emehmon.uz saytini ochish, ro‘yxatdan o‘tish oynasida o‘z ma’lumotlarini ko‘rsatish, shundan so‘ng “yetib kelish varaqasi” shaklini to‘ldirish va eng oxirida to‘lov kartasi ma’lumotlarini ko‘rsatib, turistik yig‘im bo‘yicha hisob-kitobni amalga oshirish kerak bo‘ladi.

Emehmon mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun ilovani mobil qurilmaga o‘rnatish va mobil raqam yordamida avtorizatsiyadan o‘tish, mehmonning yetib kelish varaqasini to‘ldirish va turistik yig‘im summasini to‘lash lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют