» » Pasport olish uchun elektron navbat ishga tushirildi

Pasport olish uchun elektron navbat ishga tushirildi


Davlat personalizatsiya markazi saytining yangi versiyasi ishga tushirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Uning yordamida O‘zbekiston fuqarolari hamda fuqaroligi yo‘q shaxslar yashash joyi bo‘yicha yig‘ilish punktiga pasport yoki fuqaroligi yo‘q shaxsning safar hujjati olish uchun elektron navbat egallashi mumkin bo‘ladi.

Olingan navbat raqami, sanasi va vaqti arizachiga SMS-xabar tarzida bir ish kuni davomida yuboriladi. Bundan tashqari, saytdan ariza-anketa va to‘ldirilmagan blankni olib, chop etish mumkin.

Sayt pasport yoki safar hujjati uchun davlat boji to‘lanishi uchun kvitansiya chiqarib beradi. Uni ham bir ish kuni davomida chop etib olish mumkin bo‘ladi. Davlat bojini Click mobil banking tizimi orqali to‘lash mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют