» » Davlat personallashtirish markazi hisob raqamiga kelib tushadigan mablag‘larni xarajat qilish tartibiga tuzatishlar kiritildi

Davlat personallashtirish markazi hisob raqamiga kelib tushadigan mablag‘larni xarajat qilish tartibiga tuzatishlar kiritildi


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat personallashtirish markazi budjetdan tashqari hisob raqamiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasport, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik hujjatlar taqdim etilgani uchun kelib tushadigan mablag‘larni xarajat qilish tartibiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. 

Endilikda, jumladan, mazkur mablag‘lar: 

Biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish uchun import jihozlar va dasturiy ta’minot sotib olish (oldin — ishlab chiqarish jihozini ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar xarid qilish);

Biometrik pasport tizimi jihozlari va dasturiy ta’minotiga texnik xizmat ko‘rsatish qiymatini to‘lashga (oldin — faqat xorijiy pudratchilar tomonidan) yo‘naltirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Davlat personallashtirish markazi budjetdan tashqari hisob raqamiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasport, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik hujjatlar taqdim etilgani uchun davlat boji summasining 60 foizi kelib tushadi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют