» » Namanganda sevishgan yoshlar ota-onasini qo‘rqitib qo‘yish maqsadida bir-biriga pichoq tiqdi. Oqibatda qiz shifoxonada vafot etdi

Namanganda sevishgan yoshlar ota-onasini qo‘rqitib qo‘yish maqsadida bir-biriga pichoq tiqdi. Oqibatda qiz shifoxonada vafot etdi


Namangan viloyatida ikki yosh ota-onasini qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lib, bir-birining qorin qismiga pichoq tiqqan. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 15-sentabr kuni soat 11:40 larda navbatchilik qismiga tuman shifoxonasidan fuqaro K.M.ni og‘ir tan jarohati bilan olib kelinganligi haqida xabar tushgan.

Aniqlanishicha, shu kuni soat 11:00 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Uzunqishloq” MFYda yashovchi 1999-yil 13-avgustda tug‘ilgan fuqaro I.M. va Kosonsoy tumani, “Bog‘” MFYda yashovchi 2000-yil 13-iyulda tug‘ilgan fuqaro (ayol) K.M. bir-birlari bilan bir-necha yil davomida yaxshi ko‘rib kelgan. Lekin ota-onalari ularning turmush qurishlariga qarshilik qilgan.

Bundan norozi bo‘lgan ikki yosh o‘zaro kelishgan holda, o‘z jonlariga qasd qilish maqsadida, dala maydoniga borgan. O‘zlari bilan olib kelgan osh pichoq bilan dastlab K.M. yaxshi ko‘rgan yigiti I.M.ning qorin qismiga bir marotaba urib, so‘ngra pichoqni I.M.ga berib, qorniga urishni so‘ragan va I.M.pichoq bilan K.M.ning qorin qismiga bir marotaba urgan vaqtida qiz hushidan ketib yiqilib tushgan.

Oqibatida pichoq qizning qorin qismiga chuqur kirib ketishi natijasida vafot etgan. I.M esa shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, I.M va K.M. 5 yil davomida o‘zaro sevishib yurganligiga qaramasdan, K.M.ning otasi qizini Kosonsoy tumani, “Tergachi” MFYda yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan F.A.ga unashtirib qo‘yganligi sababli, 2020-yil 14-sentabr kuni I.M qizning otasini oldiga borib, qizini unga berishini so‘raganda rozi bo‘lmagan.

Shundan so‘ng, 15-sentabr kuni soat 09:00 larda I.M. va K.M. o‘zaro telefon orqali kelishib, Kosonsoy tuman markazidagi Istirohat bog‘i oldida ko‘rishib, ular ikkalasi birgalikda Kosonsoy tuman markazida joylashgan Dehqon bozoridan 1 dona osh pichog‘ini 4000 so‘mga sotib olib, Kosonsoy tumani, “Takarang” MFY, Fitrat ko‘chasida joylashgan “Namuna shirin” fermer xo‘jaligi dala maydoniga borib, o‘zaro kelishib, ota-onalarini o‘zaro turmush qurishlariga rozi qilish uchun dastlab, I.M.ning qorin qismiga K.M. bir marotaba pichoq urgan, so‘ngra esa K.M.ning qorin qismiga I.M. bir marotaba pichoq urib tan-jarohati yetkazgan. Shundan keyin, K.M. olgan tan-jarohati natijasida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют