» » Namanganda 20 yoshli haydovchi urib yuborgan 9 yashar qizaloq shifoxonada vafot etdi

Namanganda 20 yoshli haydovchi urib yuborgan 9 yashar qizaloq shifoxonada vafot etdi


Namangan viloyatida 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi 9 yoshli qizni urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 14-sentabr kuni soat 11:00 larda, Namangan viloyati Kosonsoy tumani hududidan o‘tgan 4R-114 avtomobil yo‘lining 16-kilometrida, haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan A.Q. VAZ 2107 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotganda yo‘lga yugurib chiqqan piyoda, 2011-yilda tug‘ilgan M.O.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada voyaga yetmagan 9 yoshli M.O. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют