» » Namanganda Nexia haydovchisi 66 yoshli piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Namanganda Nexia haydovchisi 66 yoshli piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi


10-sentabr kuni soat 00:20 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani hududidan o‘tgan 4R-114 avtomobil yo‘lining 15-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 42 yoshli X.D. boshqaruvida bo‘lgan Nexia avtomobili tumanning “Beshketmon” MFY hududidan o‘tayotganida harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1954-yilda tug‘ilgan G‘.E.ni urib yuborgan.

Oqibatida 66 yoshli og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan. Hozirda mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatida 19 yoshli haydovchi Lacetti’da 7 yoshli bolani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgani, Jizzaxda esa Cobalt 25 yoshli piyodani urib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют