» » Surxondaryoda 20 yoshli haydovchi sodir etgan YTHda mashina yo‘lovchisi bo‘lgan tengdoshi vafot etdi

Surxondaryoda 20 yoshli haydovchi sodir etgan YTHda mashina yo‘lovchisi bo‘lgan tengdoshi vafot etdi


Surxondaryo viloyati Denov tumanida Nexia rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan 20 yoshli haydovchi tezlikni oshirishi natijasida YTH sodir qilgan, deya xabar bermoqda YHXBB.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 10-sentabr kuni soat 03:15 larda Surxondaryo viloyati Denov tumani “Bog‘i Eram” mahallasi hududidan o‘tgan mahalliy ichki yo‘lda 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi S.B. Nexia avtomobilida harakatlanayotib, tezlikni me’yoridan oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.

Natijada Nexia yo‘lovchisi 20 yoshli S.S. og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют