» » “Bu tashkilot O‘zbekiston mustaqilligiga ta’sir o‘tkazmaydi”. Tashqi mehnat migratsiyasi — Rossiya IIVning O‘zbekistonda ochiladigan pasport-viza xizmati vakolatxonasi haqida

“Bu tashkilot O‘zbekiston mustaqilligiga ta’sir o‘tkazmaydi”. Tashqi mehnat migratsiyasi — Rossiya IIVning O‘zbekistonda ochiladigan pasport-viza xizmati vakolatxonasi haqida


O‘zbekistonda ochiladigan Rossiya IIV pasport-viza xizmati vakolatxonasi faqat ish patenti berish bilan shug‘ullanadi, uning pasport tizimiga aloqasi yo‘q. Bu haqda 16-sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Muhammadzokir Mamatxonov aytib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjatda 2021-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekistonda Rossiya Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochilishi belgilangan.

Matbuot anjumanida “Daryo” muxbiri O‘zbekistonda Rossiya IIVning pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochilishi qanchalik maqsadga muvofiqligi, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat turli xavotirlarga sabab bo‘layotgani haqidagi savol bilan Tashqi mehnat migratsiyasi mutasaddilariga murojaat qildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari xavotirga o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.

Ushbu xizmatning yo‘lga qo‘yilishi pasport tizimiga umuman aloqador emas. Rossiya Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi mustaqilligimizga, pasport tizimimizga ta’sir o‘tkazmaydi. Shu bois odamlarda xavotir uyg‘onmasin. Bu tashkilot Rossiyadagi o‘zbek migrantlarga ishlash ruxsatini, ya’ni patent beradi xolos.

Fuqarolarimiz Rossiyaga borganida, patent olish uchun tegishli tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilmaydi, aksincha, “xizmat ko‘rsatamiz” deya taklif bildiruvchi o‘rtakashlarga ishonadi. Natijada ko‘p mablag‘ sarflab, sarson bo‘lyapti. Afsuski, til bilmasdan qiynalayotgan, firibgarlarga aldanib qolayotganlar ham bor.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekistonga ishlash uchun kelgan xorijliklar yoki O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan odamlar pasport-viza rejimimizdan albatta ro‘yxatdan o‘tadi. Shuningdek, belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirib, agentligimizdan ishlash uchun ruxsatnoma sotib oladi.

Mazkur tartib butun dunyoda mavjud. Faqat to‘lov tizimi turlicha — ayrim mamlakatlarda to‘lov ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi, ba’zilarida esa ishchining o‘zi to‘laydi.

Muhammadzokir Mamatxonov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yaratilayotgan xavfsiz, qonuniy mehnat migratsiya tizimiga 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют