» » Yangi Redmi flagmaniga oid ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Yangi Redmi flagmaniga oid ma’lumotlar oshkor bo‘ldi


Redmi brendi rahbari Lu Veybin o‘zining Weibo’dagi sahifasi orqali 5 nanometrli protsessor bazasida yangi gadjetlar lineykasi tez orada ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Top-menejerning bayonoti Apple 15-sentabr kuni A14 Bionic arxitekturasdagi dunyodagi ilk 5 nanometrli chipni ko‘rsatganidan so‘ng ma’lum qilindi.

Android gadjetlar uchun yangi protsessor qanday nomga ega bo‘lishi hozircha noma’lum. Gap taqdimoti 2020-yil oxiri yoki 2021-yil boshiga mo‘ljallangan Snapdragon 875 haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Snapdragon 875 protsessori o‘rnatilgan ilk smartfon keyingi yilning birinchi choragida sotuvga chiqadi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu borada yangi chip Xiaomi va Vivo’ga nasib etadi.

2020-yilda Xiaomi kompaniyasi Snapdragon 865 bazasi Mi 10 va Redmi K30 Pro modellarini taqdim etdi. Yangi avlod protsessorlariga Redmi K40 Pro ega bo‘lishi mumkin.

Gap-so‘zlarga qaraganda smartfon shu yilning oxirida namoyish etiladi. Gadjet hoshiyasiz ulkan ekran, tezkor quvvatlanish va yuqori tiniqlikka ega kamera datchiklariga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, fevralda Mi 20 (yoki Mi11) taqdimoti bo‘lib o‘tadi, Redmi K40 Pro esa bahorga borib paydo bo‘ladi.

Avvalroq Xiaomi noodatiy frontal kameraga ega smartfon yaratagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xiaomi Redmi Note 10: 5G aloqa tarmog‘iga ega hamyonbop smartfon dizayni oshkor bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют