» » O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlariga isitmasi balandligi sababli kiritilmagan abituriyentlar uchun o‘tkaziladigan test sinovlari vaqti e’lon qilindi

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlariga isitmasi balandligi sababli kiritilmagan abituriyentlar uchun o‘tkaziladigan test sinovlari vaqti e’lon qilindi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga 2020/2021-o‘quv yili uchun 2—13-sentabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari hududiga kirishda tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun test sinovlari 2020-yil 17-sentabr kuni tashkil etiladi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.

Mazkur abituriyentlar uchun test sinovlari 2020-yil 17-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda soat 08:00 dan 11:00 ga qadar, Toshkent shahrida Yunusobod tumanidagi Botanika bog‘ida 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlardan test sinovlariga kechikmasdan, belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin, pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarida 90 nafar abituriyent tana harorati yuqoriligi sababli test sinovlariga kiritilmagandi. Shuningdek, jami 1187 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlaridan chetlatilgan. Shundan 548 nafari hududga kirishda, 639 nafari esa test sinovi jarayonida imtihondan chetlatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют