» » Kosta-Rikada “VAZ-2106” JDM uslubida qayta yig‘ilmoqda

Kosta-Rikada “VAZ-2106” JDM uslubida qayta yig‘ilmoqda


Kosta-Rikada Gabriyel Perez ismli yigit sobiq Sovet davriga tegishli “VAZ-2106”ga yangi hayot bag‘ishlash yo‘lida uni tyuning qilishni boshladi. Ancha vaqtdan beri avtomobilga egalik qiladigan Perez muntazam uning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib turadi, deb yozadi CARakoom.

Yaqin vaqtlargacha “VAZ-2106” pasaytirilgan “podveska”, ulkan g‘ildiraklar va boshqa elementlarga ega bo‘lgan. Ammo kengaytirilgan g‘ildirak arkalari unga yetmagan.

Navbatdagi kiritilgan o‘zgartirishda u ham paydo bo‘lgan. Arkalar metalldan maksimal darajada sifatli yaratilgan bo‘lib, qanotlarga ravon qo‘shilib ketgan.

Butun kuzov oq rangdan noodatiy kulrang metall rangiga bo‘yalgan. Mashina JDM uslubidagi jiddiy modelga aylangan. Ushbu xabarni yozish vaqtida avtomobilni yig‘ish ishlari davom etayotgan bo‘lgan. Loyiha 75 foizga tayyor. Gabriyel tyuning jarayonini Instagram’dagi akkaunti orqali namoyish etib bormoqda.

Ma’lumot uchun, JDM uslubi bu — 2000-yilgacha bo‘lgan mashinalar dizayniga sezilarli darajada o‘zgartirish kiritish hisoblanadi.

Avvalroq amerikalik erkak eski “VAZ-2105”ni 500 ot kuchiga ega “maxluq”qa aylantirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Britaniyalik muhandis “Jiguli”ni 800 ot kuchiga ega poyga mashinasiga aylantirmoqda (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют