» » Habib Nurmagomedov: Muhammad Aliga tenglashish uchun uning davriga qaytishim va qora tanli bo‘lishim kerak

Habib Nurmagomedov: Muhammad Aliga tenglashish uchun uning davriga qaytishim va qora tanli bo‘lishim kerak


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov o‘zini afsonaviy bokschi Muhammad Ali bilan solishtirishlari haqida fikr bildirdi.

“Bizni solishtirishlari noto‘g‘ri. U chempion — men chempionman, u musulmon — men musulmonman... Faqat shular tufayli.

Uning ringdan tashqarida qilgan ishlari esa tengsizdir. U chempion bo‘lgan vaqtda, qisqa qilib aytganda boshqa toifadan edi. Amerikada o‘sha vaqtda bu toifani qabul qilishmas edi. U o‘zining avtobiografiyasida bir voqeani yozgandi, unga restoranda xizmat ko‘rsatishmaydi va u boks bo‘yicha oltin medalini uloqtiradi.

U o‘z toifasiga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirgani — o‘ylashimcha, tengi yo‘q ish. Bunga tenglashish uchun, o‘sha yillarga qaytishim va qora tanli bo‘lishim kerak”, — deydi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Habib 24-oktabr kuni UFC 254 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Ali professional boksdagi faoliyati mobayni 61 jangda qatnashib, 56 marta g‘alaba qozongangan (37 nokaut) va besh marta mag‘lub bo‘lgan. Muhammad 2016-yining 3-iyunida 74 yoshida vafot etgan.

Mavzuga doir: Mayk Tayson: Muhammad Ali yoqimtoy ko‘ringani bilan aslida men kabi jirkanch odam edi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют