» » Ta’mirlash ishlari sababli Sergelidagi Sofdil ko‘chasining bir qismi 2 haftaga yopiladi

Ta’mirlash ishlari sababli Sergelidagi Sofdil ko‘chasining bir qismi 2 haftaga yopiladi


Toshkent shahar Sergeli tumanidagi Sofdil ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari sababli ikki haftaga yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari sababli 2020-yilning 17-sentabridan 1-oktyabr kunigacha Sofdil ko‘chasining Qipchoq ko‘chasidan Sergeli aeroportigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yakkasaroy tumani Cho‘ponota ko‘chasidan, Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lda tirbandliklarning oldini olish uchun uchta yangi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurilish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentdagi yangi Cho‘ponota ko‘prigining qurilish jarayoni — suratlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют